Izlash va yetkazib berish

Sizning tashqi ishlar bo’yicha bo’limingiz

Xech kimga sir emaski, ko’pchilik ko’rxona va tashkilotlarda tashqi ishlar bo’yicha bo’limi mavjud bo’lib, u yerda asosan chet davlatlardan ko’rxona uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni izlash va keltirish bo’yicha ish olib boriladi. Bu turdagi bo’limni tashkil uchun ham oz harajat ketmaydi. Birinchidan, bu malakali xodimlarni bu sohada yetishmasligi bo’lsa, ikkinchi tarafdan bu yo’nalishda yangi xodimlarni tayyorlash undan ham qimmatga tushishi mumki. Keyingi sarf harajatlarga esa, xona jihozlari, orgtexnikalar,ofis anjomlari va boshqalar. INFINITY TRADE jamoasi sizning import yuklar bo’yicha bo’limingiz bo’lishi mumkin. Nimaga biz bilan hamkorlik qilishingiz kerak? Bu haqda batafsilroq.

INFINITY TRADE jamoasi import sohasida o’z ishing professionallari hisoblanadi. Siz, xodimlarni o’qitishga  va yuqorida sanab o’tilgan sarf harajatlarni vaqtingizni ketkazib o’tirishga hojat qolmaydi. Sizning texnik buyurtmangiz asosida sizga kerak bo’lgan maxsus texnika, ishlab chiqarish uskunalari, ximikatlar, xom-ashyo, laboratoriya jihozlari, ehtiyot qismlar va hokazolarni qisqa muddat ichida izlash va keltirib berish hizmatlarini ko’rsatadi. Bizning jamoada sizning ehtiyojlaringizni qondirish uchun yetarlicha tajriba va yetkazib beruvchilar bazasi mavjud. Bizning mijozlar bizdan mamnun va bizga suyanishlari uchun qo’limizdan kelganini qilamiz.